
DEBSEUz loyihasi doirasida "Quyosh energetikasi muhandisligi" yo‘nalishi uchun o‘quv kurslar muhokamasi
Farg‘ona davlat texnika universiteti professor - o'qituvchilari , doktorantlar, magistrant va talabalar ishtirokida DEBSEUz loyihasi doirasida tayorlangan o'quv kurslar muhokamasi o‘tkazildi!
Ushbu muhokama yangi ochilayotgan "Quyosh energetikasi muhandisligi" yo‘nalishi uchun zamonaviy, amaliyotga yo‘naltirilgan darslik va o'quv qo‘llanmalar ishlab chiqish va takomillashtirish maqsadida tashkil etildi. Ishtirokchilar tomonidan taqdimotda keltirilgan darslik va o'quv qo'llanmalar modullari yuzasidan fikr va mulohazalar bildirishdi.
Loyihaning eng asosiy maqsadi – O‘zbekistonda "Quyosh energetikasi muhandisligi" sohasida malakali kadrlar tayyorlash va mamlakatimizning energiya xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishdir.
DEBSEUz yordamida ta’lim sifati oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ular asosidagi qurilmalarni ishlab chiqish, ishga tushirish, nazorat qilish va taxnik xizmat ko'rsatish sohalarida yetakchi mutaxassislar yetishtiriladi. Bu esa bizning yashil kelajagimiz uchun muhim qadamdir.
Kommentariy qoldirish
Sizning email hech qayerda chop qilinmaydi. Talab qilingan sohala * bilan belgilangan