Yangiliklar

05.05.2026
71

DEBSEUz loyihasi Erasmus+ axborot va metodik seminarida taqdim etildi

2026 yil 5 may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Erasmus+ Information and Methodological Seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasidagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ Ofisi (NEO), Erasmus+ HERE ekspertlari hamda TUIT hamkorligida tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Toshkent shahri va unga yaqin hududlardagi oliy ta’lim muassasalari vakillari, Erasmus+ HERE ekspertlari, amaldagi CBHE loyiha vakillari, Jean Monnet jamoalari, International Credit Mobility (ICM) alumni hamda talabalar ishtirok etdilar. Seminar Erasmus+ imkoniyatlari, xalqaro akademik hamkorlik, loyiha tajribalari va oliy ta’limni modernizatsiya qilish bo‘yicha muhim muloqot maydoni bo‘ldi.

Seminar dasturi doirasida TUIT professori va loyiha koordinatori tomonidan “Best practices of CBHE projects / Case of Erasmus+ DEBSEUZ project” mavzusida taqdimot qilindi. Ushbu taqdimotda DEBSEUz loyihasining maqsadlari, konsorsium yondashuvi, laboratoriyalar, training centerlar, qisqa muddatli o‘quv kurslari, dissemination faoliyatlari hamda erishilgan asosiy natijalar yoritildi.

Taqdimot davomida DEBSEUz loyihasining quyosh energetikasi yo‘nalishida ta’lim sifatini oshirish, yangi va modernizatsiya qilingan kurslarni joriy etish, innovatsion laboratoriya bazasini shakllantirish va loyiha natijalarining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlashga qaratilgan faoliyati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, loyiha Erasmus+ CBHE loyihalari doirasida yaxshi amaliyot namunasi sifatida namoyish etildi.

Mazkur tadbir DEBSEUz loyihasi natijalarini keng ommaga yetkazish, Erasmus+ loyihalari o‘rtasida tajriba almashish hamda O‘zbekistonda quyosh energetikasi sohasida zamonaviy ta’lim va salohiyatni rivojlantirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.


Kommentariy qoldirish

Sizning email hech qayerda chop qilinmaydi. Talab qilingan sohala * bilan belgilangan

Kommentariylar