13.01.2026
91
TTPUda Quyosh energetikasi sohasidagi xalqaro vorkshop o‘z ishini boshladi
Ayni damda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Erasmus+ DEBSEUz loyihasi doirasida “Solar Energy for Uzbekistan — Education, Innovation, Industry” mavzusidagi xalqaro vorkshop boshlandi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Energetika vazirligi, “O‘zenergoinspeksiya”, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi va Italiya elchixonasi mas’ullari, O‘zbekiston va Yevropaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va professorlar-o'qituvchilari ishtirok etmoqda.
Shuningdek, tadbirda soha rivojiga befarq bo‘lmagan ACWA Power, Masdar, Mir Solar va boshqa yirik ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari ham qatnashmoqda.
Kommentariy qoldirish
Sizning email hech qayerda chop qilinmaydi. Talab qilingan sohala * bilan belgilangan