Yangiliklar

06.12.2023
270

Malakali kadrlar tayyorlashda yana bir qadam!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘quv va ilmiy ishlar sifatini oshirish hamda xalqaro standartlar darajasiga tenglashtirish bo‘yicha xorijiy davlatlar, xususan Yevropa mamlakatlari tajribalarini o‘rganish va ta’lim jarayonlariga qo‘llash ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Yevropa ittifoqi Erasmus+ dasturining 101128871 — DEBSEUz — ERASMUS-EDU-2023-CBHE– sonli grant kelishuviga asosan universitetimiz “DEBSEUz” O‘zbekistonda quyosh energetikasi bo‘yicha bakalavrlar uchun maqsadli ta’lim dasturini ishlab chiqish (Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan) xalqaro loyihasining ijrochisi sifatida o‘z faoliyatini boshladi.

Loyiha 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining mavjud “Quyosh energetikasi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlash holatini o‘rganish, zamonaviy talab va takliflar asosida yangi ta’lim yo‘nalishini ochish, mavjud ta’lim yo‘nalishlarini moderinizatsiya qilish, o‘quv laboratoriyalarni zamonaviy moddiy-texnik vositalar bilan jihozlash nazarda tutilgan.

Ushbu loyiha bo‘yicha Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Grand Holder hisoblanadi, shu munosabat bilan 05.12.2023 yil sanasida birinchi onlayn uchrashuvni tashkil etildi hamda barcha ishtirokchilar uchun dastlabki vazifalar belgilandi.

Uchrashuv yakunida bir qancha vazifalar va uning ijrosi bo‘yicha navbatdagi uchrashuvlar vaqti belgilab olindi. Loyiha davomida 2024 yilda Kick-Off Meeting o‘tkazilishi, bu uchrashuvga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mezbonlik qilishiligi belgilab qo‘yildi.


Kommentariy qoldirish

Sizning email hech qayerda chop qilinmaydi. Talab qilingan sohala * bilan belgilangan

Kommentariylar