Yangiliklar

10.01.2026
89

TTPUda quyosh energetikasi sohasidagi vorkshop bo'lib o'tadi

2026-yil 13–16-yanvar kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Erasmus+ DEBSEUz loyihasi doirasida “Solar Energy for Uzbekistan — Education, Innovation, Industry” mavzusidagi vorkshop o‘tkaziladi.

Tadbirda O‘zbekiston va Yevropa oliy ta’lim muassasalari, tegishli davlat tashkilotlari hamda qayta tiklanuvchi energetika sohasi vakillari ishtirok etadi. 

Vorkshop davomida quyosh energetikasi ta’limini xalqaro tajriba asosida rivojlantirish, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish, yashil vodorod texnologiyalarini o‘rganish hamda fan va ishlab chiqarish hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Sana: 2026-yil 13–16-yanvar
Manzil: TTPU

Tadbir dasturi


Kommentariy qoldirish

Sizning email hech qayerda chop qilinmaydi. Talab qilingan sohala * bilan belgilangan

Kommentariylar