DebseUz loyihasi doirasida xalqaro konferensiya
2025-yil 19–20-dekabr kunlari Andijon davlat universitetida “Zamonaviy yarimo‘tkazgich mikroelektronikasi va fotoelektr energiyasida nanoskopik tizimlarni qo‘llash” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Konferensiya akademik Sirajiddin Zaynabidinov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlanadi hamda Erasmus+ dasturi doirasidagi DEBSEUz loyihasi asosida amalga oshirilgan ilmiy ishlar taqdim etiladi.
Unda yetakchi olimlar, doktorantlar, yosh mutaxassislar va talabalar ishtirok etadi.
Konferensiyada Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Norvegiya, Malayziya hamda MDH davlatlari vakillari ham qatnashadi.
Asosiy yo‘nalishlar:
Nanoskopik tuzilmalarni sintez qilish va modellashtirish;
Nanotuzilmalarni mikro- va optoelektron qurilmalarda qo‘llash;
Fotoelektr energiya manbalarida nanotuzilmalardan foydalanish;
Oliy ta’limda nanotexnologiyani o‘qitish metodikasi.
Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, shuningdek yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash uchun noyob imkoniyat!
Kommentariy qoldirish
Sizning email hech qayerda chop qilinmaydi. Talab qilingan sohala * bilan belgilangan