Yangiliklar

20.11.2025
151

📣 Erasmus+ DEBSEUz loyihasining 9-onlayn yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

2025-yil 19-noyabr kuni Erasmus+ DEBSEUz loyihasi konsortsiumi navbatdagi 9-onlayn uchrashuvni o‘tkazdi. Yig‘ilishda hamkor universitet va tashkilotlar vakillari yig‘ilib, bajarilgan ishlar, hozirgi jarayonlar va kelgusidagi vazifalar bo‘yicha muhokama olib borishdi.

🔹 DEBSEUz loyihasi quyosh energiyasi bo‘yicha bakalavriat dasturlarini yaratish, ta’lim salohiyatini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va O‘zbekiston oliy ta’lim tizimiga xalqaro ilg‘or tajribalarni joriy etishni maqsad qiladi.

Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

✔️ Loyiha boshqaruvi va muvofiqlashtirish:
Vazifalar va deliverabllar holati, hisobot berish talablari va zaruriy hujjatlashtirish.

✔️ Sifat nazorati va monitoring:
Hozirgi natijalarni baholash, takomillashtirish choralarini belgilash va sifat kafolatini mustahkamlash mexanizmlari.

✔️ Disseminatsiya faoliyati:
Rasmiy loyiha veb-sayti yangilanishi, hamkor oliy ta’lim muassasalari orqali amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari va keyingi ommaviy tadbirlar uchun tayyorgarlik.

✔️ Yakuni va kelgusi rejalashtirish:
Hisobot muddatlariga tayyorgarlik, vazifalarni kelishish va keyingi bosqich bo‘yicha muvofiqlashtirilgan qarorlar.

🗣 Uchrashuvda ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, erishilgan natijalar, uchrayotgan muammolar va kelgusi vazifalar bo‘yicha kelishib olishdi. Yig‘ilish samarali yakun topib, keyingi ishlar bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilandi.

🌞 Erasmus+ DEBSEUz loyihasi orqali O‘zbekistonda innovatsion ta’lim, quyosh energiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va yashil energetikani rivojlantirishga hissa qo‘shib kelinmoqda.


Kommentariy qoldirish

Sizning email hech qayerda chop qilinmaydi. Talab qilingan sohala * bilan belgilangan

Kommentariylar