7–8 noyabr kunlari Farg‘ona davlat texnika universitetida DEBSEUz loyihasi doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi
7–8 noyabr kunlari Farg‘ona davlat texnika universitetida DEBSEUz loyihasi doirasida “Qayta tiklanuvchi energiya va raqamli texnologiyalar asrida milliy energiya mustaqilligi: Farg‘ona viloyatidagi innovatsiyalar, istiqbollar va ijtimoiy ta’siri” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyani universitetning ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sh.M. Davlyatov tantanali ravishda ochib berdi.
Qozog‘iston, Turkiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Belarus, Qirg‘iz Respublikasi va boshqa davlatlardan yetakchi olimlar hamda amaliyotchilar mazkur anjumanda ishtirok etishdi.
Tadbir davomida qayta tiklanuvchi energiya manbalari, raqamli energetika tizimlari, energiya xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi, resurslardan samarali foydalanish va “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish kabi dolzarb global masalalar muhokama qilindi.
DEBSEUz jamoasi sessiyalarda faol qatnashib, innovatsion g‘oyalar bilan o‘rtoqlashdi va xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirdi.
Kommentariy qoldirish
Sizning email hech qayerda chop qilinmaydi. Talab qilingan sohala * bilan belgilangan