Yangiliklar

03.09.2025
74

Quyosh energetikasi ta'limida yangi yo'nalishlar

2025-yil 9–13-iyun kunlari Ispaniyaning Madrid shahridagi Madrid Politexnika Universitetida (Universidad Politécnica de Madrid) DEBSEUz loyihasi doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qayta tiklanuvchi energiya, xususan quyosh energiyasida innovatsion yondashuvlar va oliy ta’lim muassasalari barqaror rivojlanishga qanday hissa qo‘sha olishi masalalari muhokama qilindi.

Madriddagi natijalar asosida Farg‘ona davlat texnika universitetida πŸ‡ΊπŸ‡Ώ davomiy seminar-trening tashkil etildi. Uning asosiy maqsadi quyosh energiyasi bo‘yicha yangi akademik yo‘nalishlarni joriy etish va rivojlantirishdan iborat edi.

Professor-o‘qituvchilar va xodimlar interaktiv mashg‘ulotlar, keys-stadi va muhokamalarda faol qatnashib, O‘zbekiston ehtiyojlariga mos ravishda quyosh energetikasi bo‘yicha yangi o‘quv dasturlari, ta’lim yo‘nalishlari va ilmiy tadqiqot tashabbuslarini yaratish yo‘llarini o‘rgandilar.

EBSEUz loyihasi quyosh energiyasi dasturlarini kengaytirish, institutlarning salohiyatini mustahkamlash hamda barqaror energetika va “yashil o‘sish”ga hissa qo‘sha oladigan mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilgan.


Kommentariy qoldirish

Sizning email hech qayerda chop qilinmaydi. Talab qilingan sohala * bilan belgilangan

Kommentariylar