Yangiliklar

21.05.2024
307

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TATU KORDINATORLIGIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN XALQARO DEBSEUZ LOYIHASINING NAVBATDAGI UCHRASHUVI

Ayni paytda Erasmus+ CBHE loyihasi doirasida “Development of the Targeted Educational Program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUZ)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi uchrashuvi – “First Technical Training and Project Meeting” Italiyaning Turin shahrida Politecnico di Torino universiteti mezbonligida bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda universitet tomonidan Fizika kafedrasi professori E.Z.Imamov (Online), “Ma’lumot uzatish tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari X.E.Xujamatov (Online), D.T.Hasanov (Online), Y.N.Reypnazarov, N.M.Axmedov va A.P.Lazarevlar ishtirok etishmoqda.

Uchrashuv rejasiga kiritilgan texnik trening bir hafta davom etib, unda Italiyaning Politecnico di Torino (POLITO), Portugaliyaning Universidade de Evora (EVORA) va Ispaniyaning Universidad Politecnica De Madrid (UPM) kabi Evropa universitetlari professorlari quyidagi modular bo‘yicha ma’ruzalar olib borishmoqda:

- PV asosidagi quyosh energiyasi tizimlari;

- CSP asosidagi quyosh energiyasi tizimlari;

- Energiyani saqlash usullari va qurilmalari;

- Sanoatning texnologik o‘lchovlari va asboblari;

- Quyosh issiqlik qurilmalari va tizimlari.

Trening DEBSEUz loyihasi doirasida tashkil etiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lajak bakalav talabalariga asosiy bilimlarni berish uchun eng muhim nazariy mavzularga qaratilgan. Bundan tashqari, treningda ko‘nikma va malakalarni oshirish uchun amaliyotlar, laboratoriyalar, guruh loyihalari bilan eng qiziqarli ta’lim yondashuvlari taqdim etilgan.

Uchrashuvning ikkinchi kunida loyihaning quyidagi masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi:

- Mavjud o‘quv dasturlarini tahlil qilish;

- Loyiha natijalarini joriy qilish tahlili;

- Loyiha doirasidagi milliy konferensiyaga tayyorgarlik;

- Laboratoriya qurilmalarini xarid qilish;

- Sifatni ta’minlash va tashqi sifat mutaxassisini jalb qilish.

Shuningdek, uchrashuv doirasida ikkita laboratoriyaga (POLITOdagi quyosh PV laboratoriyasi va Akkumulyatorlar texnologiyasi laboratoriyasi) tashrif buyurish, shuningdek POLITOda ishlaydigan talabalar jamoasi (Avtomobil poygasi jamoasi) uchun kovorking maydoniga tashrif buyurish ham rejalashtirilgan.


Kommentariy qoldirish

Sizning email hech qayerda chop qilinmaydi. Talab qilingan sohala * bilan belgilangan

Kommentariylar