Yangiliklar

06.03.2025
333

DEBSEUz loyihasi doirasida onlayn uchrashuv boβ€˜lib oβ€˜tdi

πŸ“Œ Joriy yilning 19-fevralida Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan DEBSEUz loyihasini muhokama qilish maqsadida onlayn yig‘ilish tashkil etildi.

πŸ”· Loyiha qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ayniqsa, quyosh energiyasi sohasidagi Yevropa tajribasini o‘rganish, ta’lim dasturlarini tahlil qilish va O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida samarali tajribalarni joriy etishni maqsad qilgan bo'lib, uchrashuv davomida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

βœ… Loyiha boshqaruvi va moliyaviy oqimlar

βœ… Bakalavriat dasturlarini tashkil etish va yangi ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish

βœ… Laboratoriyalar va markazlarni tashkil etish

βœ… Hamkor texnik universitetlarda trening va hamkorlik markazlarini pilot sifatida ishga tushirish

βœ… Sifat nazorati va monitoring

βœ… Veb-saytni yaratish va milliy konferensiyaga tayyorgarlik

βŒ› Uchrashuv davomida loyiha ishtirokchilari amalga oshirilgan ishlar, duch kelgan muammolar va kelgusi rejalari haqida fikr almashishdi. Yig‘ilish yakunida kelgusi vazifalar ham belgilab olindi. Erasmus+ DEBSEUz loyihasi orqali O‘zbekistonda yashil energiya sohasida innovatsion ta’lim va tadqiqot imkoniyatlarini kengaytirish rejalashtirilgan.


Kommentariy qoldirish

Sizning email hech qayerda chop qilinmaydi. Talab qilingan sohala * bilan belgilangan

Kommentariylar