Yangiliklar

27.12.2024
246

O‘zbekistonlik hamkorlar uchun mahalliy treninglar davom etmoqda

2024-yil 27-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Andijon Davlat universitetida mahalliy trening bo‘lib o‘tdi. Ushbu mahalliy trening Evora universitetida 18-22 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda muhokama qilingan mavzularni targ‘ib qilishga bag‘ishlandi. ADUda tashkil etilgan mahalliy trening O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida Evora universitetida olingan bilimlarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan. Shu munosabat bilan tashkil etilgan trening quyidagi kurslarda tashkil etildi: Issiqlik energiyasini saqlash tizimlari, Fotoelektr va elektr saqlash tizimlari, Quyosh issiqlik texnologiyalari, Quyosh radiatsiyasi: o‘lchash va ma’lumotlar, Suv ishlab chiqarish va tozalash, Energiyani saqlash usullari va qurilmalari, Muqobil energiyaga asoslangan yangi texnik ishlanmalarni loyihalash, Katta hajmdagi energiyani mexanik va termodinamik saqlash. ADUda o'tkazilgan mahalliy trening 2 sessiyaga bo'lingan. Universitetning “Fizika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun 1-sessiya, sanoat tarmoqlari xodimlari uchun 2-sessiya tashkil etildi. Belgilangan sessiyalar davomida ma'ruzachilar Portugaliyadagi Evora universitetida o'rgangan bilim va tajribalarini ADU professor-o'qituvchilari bilan o'rtoqlashdilar.

 


Kommentariy qoldirish

Sizning email hech qayerda chop qilinmaydi. Talab qilingan sohala * bilan belgilangan

Kommentariylar