Loyiha ishtirokchilarining navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, respublikamizning 7 ta va Yevropa Ittifoqining 3 ta – Italiyaning Politecnico di Torino universiteti, Portugaliyaning Universidade de Evora universiteti, Ispaniyaning Universidad Politecnica de Madrid universitetlari hamkorligida ERASMUS+ Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUz)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi onlayn uchrashuvi 19 aprel 2024 yil sanasida bo‘lib o‘tdi.
🗒 Uchrashuv bir qator ish paketlari bo‘yicha quyidagi:
- loyiha koordinatsiyasi va boshqaruvi
- ma’lumotlar to‘plash va xodimlarning malakasini oshirish
- laboratoriya va markazlarni tashkil etish
- loyihani targ‘ib etish
va boshqa turli masalalar muhokamasiga bag‘ishlandi.
🎥 Onlayn uchrashuv dasturiga muvofiq loyiha doirasida shu paytgacha belgilangan vazifalarning bajarilishi boÊ»yicha har bir universitet vakillari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etib, amalga oshirilgan ishlar natijalari bilan yaqindan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuv yakunida loyiha ishtirokchilari Italiyada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yuzma-yuz uchrashuvga tayyorgarlik masalasi, shuningdek bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar rejasini muhokama qildilar.
Kommentariy qoldirish
Sizning email hech qayerda chop qilinmaydi. Talab qilingan sohala * bilan belgilangan