
Loyihaning birinchi milliy konferentsiyasi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining 7 ta universiteti va Yevropaning 3 ta universiteti hamkorligida ERASMUS+ Oliy taʼlim salohiyatini oshirish 101128871 – DEBSEUz – ERASMUS-EDU-2023-CBHEEUz “Targetalment of Educational Education Programme for Educational Education in the Targetlored in Uzbekistan (DEBSEUz)” xalqaro loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 20-21 sentabr kunlari Farg‘ona politexnika institutida loyiha doirasida “Quyosh energetikasida kadrlar tayyorlash: texnologiyalar, usullar va vositalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Mazkur konferensiya quyosh energetikasi sohasida ko‘p yillik tajribaga ega, bu boradagi mavjud muammolar va ularning yechimlari bilan o‘rtoqlashish maqsadida yuqori ilmiy tadqiqot natijalariga erishgan O‘zbekiston va boshqa bir qator mamlakatlarning katta olimlarini birlashtirdi. Mazkur konferensiyani tashkil etishdan asosiy maqsad O‘zbekistonda quyosh energiyasi bo‘yicha kadrlar tayyorlashning bugungi holati, texnologiyalari, uslub va vositalarini o‘rganish va uni oliy ta’lim tizimida qo‘llashdan iborat. Bunga nafaqat oliy ta’lim muassasalari olimlari, balki tarmoq korxonalarining yetakchi mutaxassislari ham jalb etilib, bugungi kunda quyosh energetikasi mutaxassislariga qo‘yilayotgan asosiy talab va takliflar sohada o‘rganildi.
Qayd etish joizki, DEBSEUz loyihasi doirasida tashkil etilgan mazkur xalqaro anjumanga 100 dan ortiq maqolalar kelib tushgan. Xususan, barcha hamkor oliy ta’lim muassasalaridan maqolalar taqdim etildi. Buni quyosh energetikasi va bu sohada kadrlar tayyorlash masalalari bugungi kunda O‘zbekistonda dolzarb masalaga aylanganining isboti sifatida ko‘rish mumkin.
Anjuman yuqori saviyada tashkil etilib, qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Buni DEBSEUz loyihasining asosiy yutuqlaridan biri deyish mumkin.
Kommentariy qoldirish
Sizning email hech qayerda chop qilinmaydi. Talab qilingan sohala * bilan belgilangan