Yangiliklar

24.01.2024
163

Ochilish uchrashuvi bo'lib o'tdi

Oxirgi yillarda butun dunyoda, jumladan Respublikamizda yashil energetikaga bo‘lgan e’tibor va ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. Ayniqsa mamlakatimizning iqlim sharoitlarini inobatga oladigan bo‘lsak, quyosh energetikasi eng dolzarb masalalardan biri ekanligini anglash qiyin emas. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda Muhammad al-Xozrazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining 7 ta va Yevropaning Ittifoqining 3 ta universitetlari hamkorligida ERASMUS+ Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida 101128871 — DEBSEUz — ERASMUS-EDU-2023-CBHE raqamli “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUz)” xalqaro loyihasi amalga oshirilmoqda.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki loyihada Muhammad al-Xozrazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bosh coordinator bo‘lib, loyihaning ishtirokchi universitetlari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’ul hisoblanadi. Shu munosabat bilan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida joriy yilning 22-25 yanvar kunlari loyiha ishtirokchilarining birinchi uchrashuvi, loyihaning ochilish marosimi (Kick-off meeting) bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu uchrashuvda yevropa ittifoqining 3 ta oliy taʼlim muassasasi, jumladan Italiyaning Politecnico di Torino universiteti, Portugaliyaning Universidade de Evora universiteti, Ispaniyaning Universidad Politecnica de Madrid universitetlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda 7 ta Oliy taʼlim muassasasidan vakillar ishtirok etishmoqda.

Ushbu uchrashuv ikki bosqichda o’z faoliyatini amalga oshiradi. Birinchi bosqichda loyihaning ishtirokchilari ya’ni hamkor Universitetlarning o‘zaro tanishuv yig‘ilishi, loyihaning bajarilishi bo‘yicha istiqbolli rejalar, loyihani amalga oshirishda duch kelishi mumkin bo‘lagan muammolar va ularning yechimlari muhokamalariga bag‘ishlanadi. Unda asosan loyiha yetakchilari o’z taqdimotlari bilan ishtirok etib, fikrlarini baham ko‘rmoqdalar.

Shuningdek loyihaning har bir universitetdagi yetakchilari tomonidan quyidagi qator masalalar muhokama etildi:

  • Yangi bakalavr dasturlarini ishlab chiqish masalalari;
  • Innovatsion laboratoriyalarni yaratish jarayonlari;
  • Loyiha barqarorligini ta’minlash;
  • Sifat nazorati va monitoring;
  • Loyihaning kommunikatsiyasi, yangiliklari va imiji;
  • Moliyaviy boshqaruvdagi muammolar.

Loyihaning ikkinchi bosqichida workshop tashkil etilib, sohaning yetakchi vakillari va xalqaro loyihalarni bajarishda tajribali olimlar so‘zga chiqib O‘zbekistondagi quyosh energetikasi holati, mavjud  muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan taqdimotlar qilishadi, ushbu loyihaning istiqbolini ta’minlash chora va tadbirlari ustida bahs va munozaralar olib borishadi.

Ushbu uchrashuv DEBSEUz loyihasining ishonchli boshlanishi bo‘lib, loyiha doirasida rejalashtirilgan vazifalarni bajarish uchun ishtirokchilarda o‘zgacha kuch-g‘ayrat va ko‘tarinki kayfiyat shakllantirishda ulkan hissa qo‘shishiga ishonamiz.


Kommentariy qoldirish

Sizning email hech qayerda chop qilinmaydi. Talab qilingan sohala * bilan belgilangan

Kommentariylar

A

Alice

31.05.2025

JLMSbE ioQDjIs TdQ xMwK ybkXnxGT YQj rgc

A

Alice

31.05.2025

UQIYFfG xEvZfx DLhRuca LKtHcj VogVNLgr

H

Hello

24.05.2025

aQlGgXGX dWvMKN QHUAa tUv

T

TestUser

24.05.2025

mSskhzSF ChGWDmL oia NWs qRdNJdNH xzyI IfbUXF

H

Hello

23.05.2025

OypNpf OWfYuM zCAa toEWnj ILvhdOF bJhfoXM

M

MyName

23.05.2025

JOc hWief QvgIPI sMLl uKZfD

M

MyName

15.05.2025

qdrHjs upEy RswYxFO MAmYfLs nuDCfjzx BYhpNVkI

M

MyName

15.05.2025

skibJln hkxVchV xEcYuOUb inhcvCmT

H

Hello

12.05.2025

vYKzPXo knx kaaT oxbfF

H

Hello

12.05.2025

hiiiiI uDXcTjI mGOElQto mkfe HlCOBhNy