Uchrashuvlar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU kordinatorligida amalga oshirilayotgan xalqaro DEBSEUz loyihasining navbatdagi uchrashuvi

21.05.2024
N.M.Akhmedov

Erasmus+ CBHE loyihasi doirasida “Development of the Targeted Educational Program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUZ)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi uchrashuvi – “First Technical Training and Project Meeting” Italiyaning Turin shahrida Politecnico di Torino universiteti mezbonligida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet tomonidan Fizika kafedrasi professori E.Z.Imamov (Online), “Ma’lumot uzatish tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari X.E.Xujamatov (Online), D.T.Hasanov (Online), Y.N.Reypnazarov, N.M.Axmedov va A.P.Lazarevlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvning loyihaning quyidagi masalalarini muhokama qilishga bag’ishlandi:

- Mavjud o‘quv dasturlarini tahlil qilish;

- Loyiha natijalarini joriy qilish tahlili;

- Loyiha doirasidagi milliy konferensiyaga tayyorgarlik;

- Laboratoriya qurilmalarini xarid qilish;

- Sifatni ta’minlash va tashqi sifat mutaxassisini jalb qilish.