๐ 2025-yil 19-noyabr kuni Erasmus+ DEBSEUz loyihasi doirasidagi rejalashtirilgan 9-onlayn uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda loyiha doirasidagi amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
๐ท Loyiha quyosh energiyasi bo‘yicha bakalavriat ta’lim dasturlarini yaratish, ta’lim sifatini yaxshilash va O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya sohasidagi kompetensiyalarni rivojlantirishni maqsad qiladi. Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
Kun tartibi:
โ
Loyiha boshqaruvi va muvofiqlashtirish – bajarilgan ishlar va majburiyatlar
โ
Sifat ko‘rsatkichlari va monitoring natijalarini ko‘rib chiqish
โ
Hozirgi deliverabllarni baholash va takomillashtirish choralari
โ
Disseminatsiya faoliyati va loyiha veb-sayti yangilanishi
โ
Kelgusi vazifalarni taqsimlash va hamkorlar o‘rtasida muvofiqlashtirish
Hisobotdan asosiy fikrlar:
๐น Texnik va administrativ hujjatlar bo‘yicha yangilanishlar taqdim etildi
๐น Sifat nazorati bo‘yicha amalga oshirilgan baholashlar va takliflar muhokama qilindi
๐น Disseminatsiya ishlari mavjud veb-sayt va universitet tadbirlari orqali davom etmoqda
๐น Yaqin davrdagi hisob berish va yakuniy bosqichlarga tayyorgarlik ko‘rish muhokama qilindi
โ Uchrashuvda bajarilgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusi rejalar bo‘yicha fikr almashildi. Yakunda kelgusi vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.
Erasmus+ DEBSEUz loyihasi orqali O‘zbekistonda quyosh energiyasi sohasida innovatsion ta’lim va tadqiqotlar rivojiga xizmat qilinmoqda.