Uchrashuvlar

DEBSEUz loyiha konsorsiumining navbatdagi onlayn yig'ilishi bo'lib o'tdi

12.09.2025
Nurshod A.

2024-yil 12-sentabr kuni Erasmus+ dasturi tomonidan moliyalashtirilgan DEBSEUz xalqaro loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Samarali muhokama davomida O‘zbekiston va Yevropaning barcha hamkor universitetlari vakillari ishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha keyingi harakatlarni muvofiqlashtirdilar. Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan oraliq natijalar sarhisob qilindi va barcha ish paketlari, jumladan, loyiha kordinatsiyasi, yangi bakalavriat dasturlarini tashkil etish va ularni akkreditatsiya qilish, qisqa kurslarni ishlab chiqish, zamonaviy laboratoriya markazlarini yaratish uchun asbob-uskunalar xarid qilishning holati, sifatni nazorat qilish strategiyasi, shuningdek, natijalarni ommalashtirish rejalari, shu jumladan Milliy konferensiya va keying uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlarning borishini batafsil muhokama qilindi.

Bahs va munozaralarga boy uchrashuv davomida loyihaning samarali o‘tayotganligi, jumladan, laboratoriya qurilmalari xarid qilinganligi va O‘zbekistonga olib kelinganligi, 2025-2026 o‘quv yilida quyosh energetikasiga yo‘naltirilgan ta’lim yo‘nalishlarining nafaqat hamkor Universitetlar, balki Respublikaning bir qator oliy ta’lim muassasalarida ochilganligi, treninglarning o‘z vaqtida amalga oshirib borilganligi hamda bir nechta fanlardan darsliklar va o‘quv kurslari tayyor bo‘lganligi aniqlandi. Loyihaning shu kunga qadar belgilangan vazifalarining to‘laqonli bajarilib kelinganligi loyiha kordinatori X.E.Xujamatov tomonidan alohida ta’kidlab o‘tadi.

Uchrashuv savol-javoblar bilan yakunlandi, unda hamkorlar keyingi hisobot davri uchun harakatlarini muvofiqlashtirib olishdi. Mazkur tadbir xalqaro konsorsiumning uzluksiz ishlashi va barcha belgilangan maqsadlarga erishish uchun loyihani rejalashtirilgan muddatda amalga oshirish uchun muhim qadam bo‘ldi. Bu kabi uchrashuvlar DEBSEUz loyihasining samarali bajarilishiga va natijada esa Respublikamizda quyosh energetikasining rivojlanishiga albatta hissasini qo‘shadi.