DEBSEUz loyihasi doirasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 19-fevralida Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan DEBSEUz loyihasini muhokama qilish maqsadida onlayn yig‘ilish tashkil etildi.
Loyiha qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ayniqsa, quyosh energiyasi sohasidagi Yevropa tajribasini o‘rganish, ta’lim dasturlarini tahlil qilish va O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida samarali tajribalarni joriy etishni maqsad qilgan bo'lib, uchrashuv davomida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
Loyiha boshqaruvi va moliyaviy oqimlar
Bakalavriat dasturlarini tashkil etish va yangi ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish
Laboratoriyalar va markazlarni tashkil etish
Hamkor texnik universitetlarda trening va hamkorlik markazlarini pilot sifatida ishga tushirish
Sifat nazorati va monitoring
Veb-saytni yaratish va milliy konferensiyaga tayyorgarlik
Uchrashuv davomida loyiha ishtirokchilari amalga oshirilgan ishlar, duch kelgan muammolar va kelgusi rejalari haqida fikr almashishdi. Yig‘ilish yakunida kelgusi vazifalar ham belgilab olindi. Erasmus+ DEBSEUz loyihasi orqali O‘zbekistonda yashil energiya sohasida innovatsion ta’lim va tadqiqot imkoniyatlarini kengaytirish rejalashtirilgan.